Buxoro ayollari liboslarining tashqi koʻrinishi boshqa hududlarga qaraganda koʻproq shariat meʼyorlari bilan belgilangan. Unga koʻra, libos tana tuzilishini yaqqol namoyon etishi kerak emas edi. Ayollar-barang shoyidan keng liboslari, turfa rangli roʻmollari, zargarlik buyumlari bilan yorqin taassurot qoldirgan. Aslzoda ayollar va amirning xotinlari libosi zardoʻzi kashta bilan bejirim bezatilar edi.
Buxorolik ayollar yorqin rangli matolardan foydalanish, qimmatbaho buyumlar bilan zeb berishni, qoshini boʻyash va koʻziga surma tortishni, yuzni oqartirish va qizartirishni xush koʻrgan. A. Borns Buxoroda ayollar tishlarini qora boʻyoq bilan boʻyashi, sochini oʻrib, kokillarini yelkaga tashlab yurishini qayd etgan.











