Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.S 2 nafar fuqaroga Boyovut tumani, “Anorzor” MFY hududidagi 16 sotix zaxiradagi yer maydonini oʻziniki ekanligini aytib, ushbu yer maydonini 25 000 AQSH dollari evaziga tanishlari orqali hujjatlarni ularning nomiga rasmiylashtirib berishga kelishib, oldindan 10 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, hamkorlikda oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro B.S., fuqaro I.ga Sayxunobod tumani, “Nurobod” MFY hududidagi 20 sotix zaxiradagi yer maydonini oʻziniki ekanligini aytib, tanishlari orqali hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 2 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bugungi kunda holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.









