16-sentabr holatiga ko'ra, tuynuk 26 million kvadrat kilometrgacha kengaygan.
Ozon tuynugining o'lchami mavsumga qarab o'zgaradi. U janubiy yarimsharda bahor kirib kelganida – avgust oyida kengayishni boshlaydi va bu jarayon oktabr oyida eng yuqori cho'qqiga chiqadi. Yozda (Antarktidada u dekabr-fevral oylariga to'g'ri keladi) stratosferada harorat ko'tarilishi va ozon qatlamini yemirilishiga hissa qo'shadigan mexanizmlarning kamayishi bilan tuynuk yopiladi.
Antarktida ustidagi ozon qatlamining buzilishi birinchi marta 1985-yilda kuzatilgan. Yigirmanchi asrda insoniyat sanoatda ozon qatlamini buzuvchi moddalardan faol foydalandi, bu esa salbiy oqibatlarga olib keldi. Ushbu moddalar Monreal protokoli bilan taqiqlanganidan so'ng, vaziyat asta-sekin yaxshilana boshladi. Ammo ozonga odamlar hali nazorat qila olmaydigan boshqa jarayonlar ham ta'sir qiladi.
So'nggi uch yil ichida ozon tuynugi odatdagidan kechroq yopildi. Olimlar buni Avstraliyadagi o'rmon yong'inlari natijasida atmosferaga katta miqdorda ozon qatlamini yemiruvchi tutun chiqarilgani bilan izohladi.
Ozon tuynugi muddatidan oldin 2023-yilda ochilgan va uning yana qachon yopilishi hozircha noma'lum. Ozon tuynugi bilan bog'liq mazkur vaziyat Tonga vulqonining harakatga kelgani bilan bog'liqligi taxmin qilinmoqda. U atmosferaga katta miqdorda suv bug'ini chiqardi, deb xabar beradi mir24.tv.









