Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Andijon filialiga kelgan viloyat hokimi toksikologiya bo'limidagi 12 nafar bolalar bilan uchrashdi.
Dori vositasining nojo'ya ta'siri oqibatida mazkur shifoxonaga kelgan barcha ota-onalar va bolalar bilan yaqindan suhbatlashdi.
Hozirda bolalarning umumiy holati yaxshilanmoqda. Shifokorlarning aniq ma'lumot berishlaricha, bemorlarda jiddiy yoki hayot uchun xavfli bo'lgan hech bir holat mavjud emas. Ularning aksari salomatligi qoniqarli holga kelib, uylariga qaytmoqdalar.









