— Afgʻonistonda buyuk shoirimiz Alisher Navoiy yodgorliklariga zarar yetkazilgani haqidagi xabarlarni qaygʻu bilan qabul qildik. Ushbu masala yuzasidan Afgʻoniston hukumati vakillari bilan bogʻlandik, — deydi Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov. — Ularning taʼkidlashicha, ushbu vandalizm holati qardosh Oʻzbekiston bilan koʻp asrlik doʻstona munosabatlarni mustahkamlash tarafdori boʻlgan hukumat rasmiy siyosatini aks ettirmaydi. Bu holat nomaʼlum shaxslarning oʻzboshimchalik va oʻylamasdan qilgan harakati oqibati boʻlib, umumiy tarixiy va madaniy merosimizga zarar yetkazadi.
Maʼlum qilinishicha, Afgʻoniston hukumati vakillari yodgorliklarni tiklash va umumiy merosimizga hurmat bilan munosabatda boʻlish choralarini koʻradi.









