Adham Ikramov Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining birinchi vitse–prezidenti lavozimiga saylandi

    Sport 28 Noyabr 2022 1444

    Hindistonning Puna shahrida Kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida XIII Jahon chempionati boʻlib oʻtdi.

    Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining navbatdagi Kongressida assotsiatsiya tarkibidagi 70 ga yaqin davlatlar Kurash federatsiyalari vakillari, qitʼaviy Kurash konfederatsiyalari Prezidentlari, IKA ijroiya qoʻmitasi aʼzolari ishtirok etdi.

    Kongressni IKA Prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo oʻyinlari Bosh direktori Haydar Farmon boshqarib bordi.

    Kun tartibidan oʻrin olgan 20 ga yaqin masalalar yakunida tashkiliy masala ham koʻrib chiqildi. Unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov Xalqaro Kurash assotsiatsiyasini Faxriy birinchi vitse–prezidenti lavozimiga saylandi.

    Endilikda Adham Ikramov Kurash vatani vakili sifatida Kurashni dunyoda yanada rivojlantirish uchun Oʻzbekiston hukumati tomonidan bevosita qoʻllab-quvvatlash masalalariga masʼul hisoblanadi.