Markaziy bankning xabar berishicha, bir gramm qimmatbaho metall 1 mln 246 ming 220 soʻmga baholanmoqda. 5 grammlik quyma esa 6 mln 231 ming soʻmdan sotilmoqda.
Bu yilgi rekord yil boshidan buyon sakkizinchisi boʻldi. Qimmatbaho metall bir yarim oydan kamroq vaqt ichida 10%ga va oʻtgan yilga nisbatan 48,3%ga qimmatlashdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq bir gramm oltin hozirda 1 million 197 ming 760 soʻmga baholangandi.
Avvalroq, Markaziy bank Markaziy bank ogʻirligi 100 gramm boʻlgan oltin quymasi sotuvini boshlagan edi.








