Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Mazkur kreditlar bilan 22 151 nafar talaba qamrab olindi.
Ushbu kreditlarning katta qismi, yaʼni 80 foizi xotin-qizlarga berildi — 17 830 nafar talaba bu imkoniyatdan foydalandi.
Maʼlumot uchun: “Talim-krediti.mf.uz” platformasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarining 6 tasi bilan elektron axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilishi natijasida taʼlim krediti ajratilgan 141 ming nafar talabaning elektron maʼlumotlar bazasi shakllantirildi.









