2022-yilda qancha o'zbekistonlik xorijga ishlagani ketgan?

    Mamlakatga 2000-yilda migrantlar hisobidan 790 million dollarlik pul o'tkazmalari kelib tushgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2022-yilda 8 milliard dollarni tashkil etgan.

    2022-yilda 60 mingga yaqin o‘zbekistonlik boshqa davlatlarga ishlash uchun ketgan. O‘tgan yili 60 ming nafarga yaqin o‘zbekistonlik boshqa mamlakatlarga qonuniy ishga jo‘natilgan.

    Tahlillarga ko‘ra, 2000-yilda dunyo bo‘yicha migrantlar soni 96 million kishini, 2022-yilda bu raqam 164 million kishini tashkil etgan. Shundan 46 foizi ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

    O‘zbekiston aholisining 2 million nafardan ko‘p qismi boshqa davlatlarda turli sohalarda mehnat qilmoqda. Xususan, eng ko‘p — 1,5 milliondan ortiq o‘zbekistonlik muhojirlar Rossiyada ishlaydi.

    Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda mamlakat mehnat bozoriga har yili 700 mingga yaqin yangi ishchi kuchi kirib keladi. O‘zbekistonda 1,3 milliondan ortiq odam kambag‘allik bo‘yicha ro‘yxatda turadi.

    Mamlakatga 2000 yilda migrantlar hisobidan 790 million dollarlik pul o‘tkazmalari kelib tushgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022-yilda 8 milliard dollarni tashkil etgan.