Ayniqsa, para yengil atletika boʻyicha tajribali trenerlar – Ibrohimjon Yusupov, Yahyobek Yaqubov, Sardor Xudayberganov, Grigoriy Kamulya, Azizjon Normatov, Rahmonberdi Xoʻjamov, Galina Kazakovaga, para dzyudo boʻyicha mohir murabbiylar – Mahmud Omonov, Muratboy Dusumbetov, Alfiya Ibragimova, Fozil Karamatov va para taekvondo boʻyicha taniqli murabbiy Bobur Qoʻziyevga, pauerlifting boʻyicha tajribali ustozlar – Fazliddin Umirzoqov, para suzish boʻyicha Ravshanbek Amilov va oʻq otish boʻyicha Natalya Yefimovaga, shuningdek, psixolog mutaxassis Lola Agzamovaga alohida tashakkur izhor etildi.
“Bugun bir haqiqatni toʻla ishonch bilan ayta olamiz: Yangi Oʻzbekistonning oʻz matonat maktabi, shon-sharaf maktabi bor. Bu maktabning chinakam bunyodkorlari sizlar, desak, buyam ayni haqiqat boʻladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.