Yangi oʻquv yilidan olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilar maktabga bepul avtobus bilan boradi

    Ta'lim 24 Fevral 2024 1421

    2024-yil 1-sentyabrdan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

    Bu haqda prezidentning «Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmonida belgilandi.

    Qolaversa 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

    • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshirilsin hamda buning doirasida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablagʻ ajratilib, ushbu mablagʻ 5–11-sinf oʻquvchilari tanloviga koʻra, elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur tovarlarga sarflanadi;
    • umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlarini menejerlik boʻyicha sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda, direktorlarga malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkaziladi.

    2025-yil 1-yanvardan:

    • Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

    2024-yil 1-sentyabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy oʻrta taʼlim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.