Qirgʻizistonning “Tez Jet” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsatnoma oldi

    “Tez Jet” aviakompaniyasining Oʻsh-Toshkent-Oʻsh va Bishkek-Toshkent-Bishkek yoʻnalishida Oʻzbekistonga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsatnoma berildi.

    Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga asosan 2024-yil 22-fevralda “Oʻzaviatsiya” agentligi “Tez Jet” aviakompaniyasining Oʻsh-Toshkent-Oʻsh va Bishkek-Toshkent-Bishkek yoʻnalishida Oʻzbekistonga muntazam aviakatnovlarini amalga oshirishga ruxsatnoma berdi.

    Parvozlar RJ-85 va MD-83 xavo kemalarida amalga oshiriladi.