Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 15-sentyabr kuni soat 13:20 larda, Dehqonobod tumani “Dehqonobod” MFY hududidan oʻtgan, M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining 83 kilometrida, haydovchi, X.X. boshqaruvida boʻlgan “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasini boshqarib kelayotib, orqa tirkamasi chiqib ketishi natijasida, harakat yoʻnalishi boʻyicha oldinda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, haydovchi, A.Sh. boshqaruvida boʻlgan "Kamaz" rusumli, yuk avtomashinasini chap yon tomonidan tegib, oldinda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, haydovchi, M.M. boshqaruvida boʻlgan "Labo" rusumli avtomashinasi old tomoniga va yoʻl chetida toʻxtab turgan, haydovchi, T.A. boshqaruvidagi boʻlgan "Cоbalt" rusumli avtomashinasi orqa tomoniga borib urilib, YTX sodir etdi.
Oqibatda "Labo" rusumli avtomashina haydovchisi M.M. tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda