“Oʻzgidromet” qor koʻchish xavfidan ogohlantirdi

    Shu yilning 23-27-yanvar kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining keskin oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi.

    Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.

    — Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
    — Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.