O'zbekistonga qaysi mamlakatlardan telefon olib kiriladi?

    Biznes 4 Fevral 2024 1241

    O'zbekistonga 2023 yilda 3,4 mln dona telefon import qilingan.

    Statistika agentligi dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonga 2023 yilda xorijdan qiymati 240,1 mln AQSH dollariga teng bo'lgan 3,4 mln dona mobil telefon import qilingan.

    Mobil telefonlar importi 2022 yil bilan solishtirilganda 476 mingtaga oshgan.

    O'zbekiston 2023 yil mobaynida mobil telefonlarni eng ko'p import qilgan davlatlar:

    — Xitoy – 3,1 mln dona

    — V`etnam – 276,8 ming dona

    — Hindiston – 37,2 ming dona

    — BAA – 7,8 ming dona