Oʻzbekistonda harbiylar oʻrtasida ilk bor oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Jahon chempionatida yakunlandi

    Harbiy 18 Oktabr 2024 1095

    Oʻzbekiston terma jamoasi 42-Harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatini 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan yakunladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda Xalqaro harbiy sport kengashining 2024-yil uchun kalendar rejasiga muvofiq, 16-oktyabr kuni poytaxtimizning “Yunusobod” sport majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor harbiylar oʻrtasida dzyudo boʻyicha 42-jahon chempionati boshlandi.

    Mudofaa, Sport, Madaniyat va Tashqi ishlar vazirliklari, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi hamkorligida oʻtkazilayotgan ushbu chempionatda dunyoning 30 ta mamlakatidan 400 ga yaqin harbiy sportchilar, delegatsiya rahbarlari va hakamlar, shuningdek, Xalqaro dzyudo federatsiyasi vakillari va qator martabali mehmonlar tashrif buyurgan.

    Halimajon Qurbonova (-48 kg), Abdurahim Nutfullayev (-66 kg), Nigina Saparbayeva (-63 kg) kumush, Laziza Haydarova (-48 kg), Bahrom Boturov (-60 kg) va Nilufar Ermaganbetova (-57 kg) esa bronza medaliga sazovor boʻldi.

    Dunyo birinchiligining birinchi kunida dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza, jami 8 ta medal qoʻlga kiritishdi. Ikkinchi kungi bellashuvlarda esa harbiy sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush medalga ega chiqdi.

    Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi 42-Harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatini 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan yakunladi.

    Oltin medal

    -52 kg: Gulhayo Joʻrayeva

    -73 kg: Shahram Ahadov

    -81 kg: Hikmatilloh Toʻrayev

    -100 kg: Rustam Shorahmatov

    +100 kg: Shohrux Baxtiyorov

    Kumush medal

    -48 kg: Halimajon Qurbonova

    -63 kg: Nigina Saparbayeva

    -66 kg: Abdurahim Nutfullayev

    -81 kg: Muso Sobirov

    +78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

    Bronza medallar

    -48 kg: Laziza Haydarova

    -57 kg: Nilufar Ermaganbetova

    -60 kg: Bahrom Boturov

    Umumjamoa hisobida oʻzbekistonlik harbiy dzyudochilar 1-oʻrinda ketmoqda. Undan keyingi pogʻonani 3 ta oltin medali bilan Moʻgʻuliston va 2 ta oltin medal bilan Fransiya egallagan. Qozogʻiston, Jazoir, Italiya, Vengriya vakillari esa oʻz hisobiga bittadan oltin yozib qoʻydi.

    18-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan jamoaviy bahslarda Oʻzbekiston ayollar jamoasi 1-oʻrinni, erkaklar jamoasi esa 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

    Yakuniy natijalar quyidagicha:

    Ayollar oʻrtasida

    • Oʻzbekiston jamoasi — 1-oʻrin;

    • Fransiya jamoasi — 2-oʻrin;

    • Italiya va Moʻgʻuliston jamoalari — 3-oʻrin.

    Erkaklar oʻrtasida

    • Moʻgʻuliston jamoasi — 1-oʻrin;

    • Oʻzbekiston jamoasi — 2-oʻrin;

    • Eron va Qozogʻiston jamoalari — 3-oʻrin.