Odam savdosida ayblanib qidiruvda boʻlgan shaxs Turkiyadan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi

    Deportatsiya Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida amalga oshirildi.

    Qayd etilishicha, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda boʻlgan, 1990-y.t., Salayeva Oʻgʻilxon Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.

    U qonunga xilof ravishda vatandoshlarimizning hujjatlarini olib qoʻygan va shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan.

    Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy boʻlinmalariga murojaat qilish soʻraladi, — deyiladi xabarda.