Bu haqda viloyat Fuqaro muhofazasi boshqarmasi ma'lum qildi.
“Bugun ertalab Xalostok shahridagi Meksika-Verakrus federal avtomagistralining 123-kilometrida joylashgan SIMEC obyektida portlash sodir bo'ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, bu minoraning qulashiga olib keldi. Shu paytgacha 12 kishi halok bo'lgani va bir kishi jarohatlangani xabar qilindi”, deyiladi idora xabarida.
Qayd etilishicha, voqea joyida o't o'chiruvchilar ishlamoqda, deb xabar beradi report.az.
“Prokuratura ushbu hodisa uchun javobgarlarni aniqlash uchun tergovni allaqachon boshladi”, deb yozdi shtat gubernatori Lorena Kuelyar X ijtimoiy tarmog'ida.