Markaziy bank 2 ta bankka jarima sanksiyasi qoʻlladi

    Moliya 14 Sentabr 2024 501

    Joriy yil avgust oyida Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va tekshirish natijalarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 2 ta bank, 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanildi.

    Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining ustav fondi va tashkiliy-huquqiy shakliga qoʻyilgan talablarga, Markaziy bankning koʻrsatmalariga va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishiga, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilmagani uchun 7 ta mikromoliya tashkiloti, 2 ta toʻlov tizimi operatorlari va 27 ta tijorat banklari ogohlantirildi.