Nizom Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida shartnoma asosida pullik xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Institut quyidagi faoliyat turlari boʻyicha pullik xizmat koʻrsatadi:
- ekspertlik faoliyati;
- ilmiy-tadqiqot faoliyati;
- noshirlik faoliyati;
- matbaa faoliyati.
Buyurtmachi xizmat koʻrsatishni soʻrab Institutga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Institutga murojaat kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida buyurtmachi va Institut oʻrtasida ikki nusxada xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuziladi.
Xizmatlar preyskuranti (narxlari) Institut tomonidan bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi.