Kriminogen vaziyat ogʻir hududlardagi profilaktika boʻlinmalarida maʼmuriy amaliyot guruhlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

    Kichik inspektor mehnat migrantlari, maktab bitiruvchilari va talabalar bilan ishlaydi. Ichki ishlar organlarida migratsion profilaktika boʻlinmalari, tumanlararo maʼmuriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, viloyatlar markazlari va kriminogen vaziyat ogʻir tuman (shahar)lar mahallalarida profilaktika kichik inspektori faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

    Kichik inspektor mehnat migrantlari, maktab bitiruvchilari va talabalar bilan ishlaydi. Ichki ishlar organlarida migratsion profilaktika boʻlinmalari, tumanlararo maʼmuriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi.

    Sinov tariqasida kriminogen vaziyat ogʻir hududlardagi profilaktika boʻlinmalarida maʼmuriy amaliyot guruhlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi va ular jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etishga oid hujjatlarni oʻrganib, tarkibida maʼmuriy huquqbuzarlik boʻlgan holatlar yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtiradi.

    Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Unga profilaktika (katta, kichik) inspektorlari, xotin-qizlar masalalari boʻyicha, probatsiya, yoʻl harakati xavfsizligi va patrul-post xizmatlari inspektorlari hamda tezkor-qidiruv xizmati xodimi kiritiladi, Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlinmalarining naryadlari xizmat olib borishi tashkil etiladi.

    Natijada – 5 tagacha mahalla mikrohududga birlashtiriladi va jinoyatchilik oldini olish boʻyicha tezkor harakatlanish tizimi yaratiladi.