Isroilning zarbasidan so'ng Livan janubida Qizil xoch jamiyati xodimlari yaralandi

    Isroil aviatsiyasi Livan janubidagi Nabatiya shahrida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan joyga zarba berdi, oqibatda uch nafar tez yordam xizmati xodimi jarohatlandi.

    Bu haqda Livan Qizil xoch jamiyatining “X” ijtimoiy tarmog'idagi bayonotida ma'lum qilindi.

    “Yaradorlarni evakuatsiya qilish va halok bo'lganlarni qidirish uchun to'rtta tez yordam mashinasi jo'natildi. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelganlarida qaytatdan zarba berildi. Qizil xochning uch nafar xodimi jarohat oldi”, deyiladi bayonotda.

    Qizil xoch tashkilotiga ko'ra, Nabatiya hududlaridan biriga berilgan havo hujumidan so'ng Qizil xoch tashkiloti Livan janubidagi BMT tinchlikparvar kuchlari bilan tez yordam guruhini hududga jo'natishni muvofiqlashtirgan, deb xabar beradi report.az.