Ispaniya shimolidagi Astun tog'-chang'i kurortida dor yo'lidagi halokat oqibatida kamida 30 kishi jabrlandi.
Aragon muxtor viloyati hukumatining favqulodda vaziyatlar bo'yicha bosh direktori Migel Anxel Klavero ispan OAVlariga dor yo'lidagi arqonlardan biri uzilib, bir nechta kabinalar qulab tushganini aytdi.
Rasmiylarga ko'ra, hodisa oqibatida kamida 30 kishi jarohat olgan, ulardan to'qqiz nafarining ahvoli og'ir.
Astun stansiyasi vaqtincha yopildi.
Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches X ijtimoiy tarmog'i orqali jabrlanganga hamdardligini bildirdi va ularga yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar beradi aa.com.tr.