Iqtisodiyotning muhim zamonaviy sohalari boʻyicha Germaniya tajribasi oʻrganildi

    Ta'lim 15 Oktabr 2024 493

    “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” boʻyicha Germaniya tajribasi oʻrganildi.

    Joriy yil 6-12-oktyabr kunlari Germaniya Federativ Respublikasi, Berlin shahrida “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida Germaniya tajribasini oʻrganish boʻyicha seminar va uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

    Germaniya Federativ Respublikasidagi barcha seminar va uchrashuvlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan birgalikda tashkil etilgan.

    Seminar va uchrashuvlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boshqarmasi boshligʻi Maʼmur Satimov ishtirok etdi.

    Seminar va uchrashuvlardan koʻzlangan asosiy maqsad Germaniya iqtisodiyotining eng faol va barqaror rivojlanayotgan kichik biznes sohasini chuqurroq oʻrganishdan iborat.

    Shuningdek, seminar va uchrashuvlarda Germaniyada ish bilan taʼminlashda kichik va oʻrta biznes korxonalari juda muhim rol egallashi, ish bilan band aholining qariyb 60 foizi kichik va oʻrta biznes sohasida ishlashi, roʻyxatga olingan korxonalarning 99 % dan ortigʻi kichik va oʻrta biznes toifasiga kirishi toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar berildi.

    Tadbir davomida Germaniyada kichik va oʻrta korxonalarning yuqori faolligi va samaradorligining muhim omillari, davlat va boshqalar tomonidan kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlanishining natijasi, Germaniyada kichik va oʻrta biznes uchun kichik kreditlar berish boʻyicha samarali foiz stavkalari boʻyicha muhokamalar boʻldi, deb xabar beradi Statistika agentligi matbuot xizmati.