Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi

    Hukumat 15 Iyun 2024 2346

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni, muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.


    Ulamolar bilan bo‘lgan suhbatda ilm-ma’rifat rivojiga yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarni vatanparvarlik va shukronalik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi.

    Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

    Shu bilan Prezidentimizning Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.