Maʼlum qilinishicha, Nurafshon shahrida yashovchi 1999-y.t. ayol (N.K.) oson pul topish maqsadida, Bekobod shahri va Oʻrta Chirchiq tumanida yashovchi 21 yoshli ikki nafar qiz(S.T. va M.M.)ni aldab, moʻmay daromad topishga ishontirgan. Ularni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Istanbul shahriga fohishalik uchun joʻnatayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, odam savdosi jinoyatini sodir qilganlar 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 12-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.