Huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi samaradorligi oshiriladi

    Ijtimoiy profilaktika – huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli boʻlganlarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa yordam koʻrsatish.

    Ijtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish uchun:

    • maʼmuriy huquqbuzarlik «E-maʼmuriy ish»da roʻyxatdan oʻtganda huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga avtomatik ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish boʻyicha xulosa ijroga qaratiladi;
    • har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat oʻrnatiladi;
    • har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat oʻrnatiladi «mahalla yettiligi» va koʻmaklashuvchilarning faoliyati (KPI) ijtimoiy profilaktika natijalari asosida baholanadi.

    Mahalla raisi “mahalla yettiligi” va mahallaga biriktirilgan davlat organlari bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini tashkil etadi

    Kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda kamida bittadan «namunali xavfsiz koʻcha» va «namunali xavfsiz yoʻlak»lar tashkil qilinadi.

    «Namunali xavfsiz koʻcha» va «namunali xavfsiz yoʻlak»larni tashkil qilgan, kriminogen vaziyati barqarorlashgan “mahalla yettiligi” va sektor rahbarlari hokimliklar tomonidan mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantiriladi.