Qayd etilishicha, fuqaro B.T. Xorazm viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga murojaat qilgan.
Murojaatga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.B. va boshqalar Shovot tumani hududida joylashgan hokimiyat zaxirasidagi 10 gektar ekin yer maydonini goʻyoki oʻzlariga tegishli ekanligiga ishontirib, kelgusi yilda sholi ekin mahsulotini ekib yerdan foydalanishi uchun 250 mln. soʻmga sotishga kelishib, oldindan 6 700 AQSH dollari va 3,8 mln. soʻm pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.