Toshkent viloyati Boʻka tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻini hokim yordamchisi “Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan fuqaroga uy-joy sharoitini yaxshilash uchun mansabdor tanishlari orqali 120 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishida koʻmaklashish evaziga 5 mln 200 ming soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Taʼkidlash lozimki, hokim yordamchisi muqaddam sudlangan boʻlsada, oʻz xatosidan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.