Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston-Germaniya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Savdo-iqtisodiy, texnologik va investitsiyaviy-moliyaviy sheriklikni kengaytirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, mehnat migratsiyasi, ekologiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm va boshqa yo‘nalishlarda faol aloqalarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi. Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari bo‘yicha fikr almashiladi.
Dastur doirasida O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Kansleri ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv ham o‘tkazadilar.