Amalda esa gaz toʻldirilgan ballonlarni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga sotib yuborgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvida aniqlanishicha, shu orqali jami 262,4 ming soʻm naqd pul mablagʻlarini talon-toroj qilingan.
Shu kabi, Departamentning Buloqboshi tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Buloqboshitumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi masʼul shaxslari oʻzlarining moddiy javobgarligida boʻlgan umumiy bahosi 98 mln soʻmlik jami 235 dona suyultirilgan gaz ballonlarini hech qanday hujjatsiz boshqa shaxslarga berib yuborib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.