Yer aholisi 19-avgustda noyob hodisani kuzatishi mumkin

    Fan 17 Avgust 2024 2718

    2024-yilning 19-avgustida eng ajoyib astronomik hodisalardan biri roʻy beradi: osmonda “Bakra Oyi” koʻtariladi. Bu super Oy va moviy Oyning kombinatsiyasi hisoblanadi.

    Mutaxassislarning fikricha, bu yil 19-avgust, 17-sentyabr, 17-oktyabr va 15-noyabr kunlari super Oy hodisasi roʻy berishi kutilmoqda, ammo birinchi super Oy oʻzgacha boʻlishi aytilmoqda.

    Avgust oyida sodir boʻladigan toʻlin Oylardan birining nomi “Bakra Oyi”. Bu nom yilning shu davrida buyuk koʻllarda va boshqa yirik suv havzalarida bakra baliqlarini tutgan hind qabilalari bilan bogʻliq.

    “Moviy Oy” nomining rangga hech qanday aloqasi yoʻq. U inglizcha “One in a Blue Moon” iborasi bilan bogʻliq. Moviy Oyning ikki turi mavjud: mavsumiy va oylik. 19-avgustda sodir boʻladigan moviy Oy mavsumiy boʻladi. NASA maʼlumotlariga koʻra, navbatdagi mavsumiy moviy Oy 2027-yilning may oyida kutilmoqda.

    Bunday hodisalar orasidagi interval 20-yilgacha boʻlishi mumkin. “Bakra Oyi” va moviy Oyning keyingi juftligi 2037-yil yanvar va mart oylarida kuzatiladi.

    Super Oy hodisasi vaqtida Oy odatdagidan ancha yorqinroq va kattaroq koʻrinadi, lekin aslida bunday boʻlmaydi. “Oy illyuziyasi” mavjud, unda Oy ufqqa yaqin boʻlganda osmondagi balandligiga qaraganda kattaroq koʻrinadi.

    Oyning kraterlarini koʻrish uchun teleskop yoki durbindan foydalanish mumkin.